Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI HARBIY TIBBIYOT AKADEMIYASI MUTAXASSISLARI BILAN UCHRASHUV

12:06 16.02.2022

Talabalarimiz orasida harbiy shifokor bo‘lishni niyat qilganlar ham kam emas. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasida o‘qishni davom ettirmoqchi bo‘lgan talabalar uchun o‘tkazilgan davra suhbati ayni muddao bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo‘limi boshlig‘i, tibbiyot xizmati podpolkovnigi  Sh.Sodiqov hamda Tibbiyot xizmati qurilish va taktikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, tibbiyot xizmati podpolkovnigi A.Nasriddinov Andijon davlat tibbiyot instituti Davolash fakultetining 5-bosqichida va Tibbiy profilaktika yo‘nalishining 4-bosqichida taxsil olayotgan talabalar bilan suhbat olib bordilar.

Suhbat davomida Akademiyada talabalarning ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, bakalavriyat, harbiy internatura, klinik ordinatura, magistratura, doktorantura yo‘nalishlari, ta’limdan so‘ng harbiy xizmatchilarga beriladigan imkoniyatlar borasida ma’lumotlar berildi.

Shu o‘rinda talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!