alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI HARBIY TIBBIYOT AKADEMIYASIGA TANLAB OLISH DAVOM ETMOQDA.

18:22 15.02.2022

O‘zbekiston Respublikasi oliy tibbiy ta’lim muassasalari davolash fakultetlarining 5-bosqichini va tibbiy profilaktika fakultetining  4-bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan, 26 yoshgacha (bo‘yi-170 sm, vazni-70 kg) bo‘lgan, shuningdek sog‘ligining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli hisoblangan talabalar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga tanlab olish davom etmoqda.

Qabul yilining 1-fevralidan 31-martigacha arizalar qabul qilinadi.

DASTLABKI SARALASH TADBIRLARI.

Birinchi bosqichi – mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan qabul yili 1-fevral kunidan 10-aprel kuniga qadar qo‘yidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

– arizalar qabul qiladi, hujjatlarni to‘playdi va o‘rganadi;

– yakka tartibda suhbatlashadi (10 kun ichida).

Ikkinchi bosqichi – viloyat mudofaa ishlari boshqarmalarida qabul yilining 11-aprel kunidan 31-may kuniga qadar amalga oshiriladi.

Bu bosqichda nomzod individual-psixologik o‘rganiladi va umumjismoniy tayyorgarlik darajasi baholanadi.

Nomzodlar bilan individual-psixologik o‘rganish tadbirlarini mutaxassis-psixologlar tomonidan psixologik test sinovidan o‘tkazish yo‘li bilan, umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash esa Mudofaa vazirligi Sport klubi mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.

Yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi (Farg‘ona harbiy gospitali)

Dastlabki tanlash tadbirlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning yig‘ma jildi to‘liq mudofaa ishlari boshqarmalarida rasmiylashtiriladi va qabul yilining 25-iyuniga qadar Harbiy tibbiyot Akademiyasiga yuboriladi.

Murojaat uchun:

(71) 289-97-99 Navbatchi

(93) 513-93-81 Kadrlar bo‘limi boshlig‘i telegramm kanali

(94) 544-14-16  Xalimov Bekzod telegram kanali

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!