XABARNOMA
Andijon davlat tibbiyot instituti Sizni 2022 yil 25-26 mart kunlari “Urologik kasalliklarini davolashga innovatsion yondoshuv” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi rejasiga kiritilgan, hamdo‘stlik mamlakatlar olimlari ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Respublika ilmiy-amaliy anjumanida gibrid rejimda ravishda ishtirok etishga taklif etadi.
Anjuman mavzulari:
- Siydik tosh kasalligini zamonaviy tashxislash, davolash va asoratlarini oldini olish.
- Pastki siydik yo‘llari infeksiyasi.
- Prostata bezi xavfsiz giperplaziyasini zamonaviy tashxislash va davolash usullari.
- Qovuq xavfli o‘smalari, zamonaviy tashxislash va davolash usullari .
- Tibbiyotni dolzarb muammolari. Xar xil.
Anjumanda ishtirok qilish shakllari:
- Tezislar chop
- Tezislar chop ettirish va video ma’ruza bilan q
- Tezissiz video ma’ruza bilan q
Ilmiy-amaliy anjumanda qatnashish uchun Andijon davlat tibbiyot instituti tashkiliy qo‘mita sekretariatiga video ma’ruza o‘qish uchun registratsiya kartasi (1-ilova) va tezislarni (2-ilova) 2022 yil 12 martdan kechiktirmasdan yuborishingizni so‘raymiz.
Tezislar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Maqolalar Word 2003, 12 shrift, 1 interval, 2 betgacha yozilishi lozim. Tezislar matnida jadval, rasm, grafika, adabiyotlar ro‘yxati va qiskartmalar bo‘lmasligi lozim.
Tashkiliy qo‘mita manzili:
170102, Andijon shahri, Yu.Atabekov ko‘chasi, 1.
Andijon davlat tibbiyot instituti.
Telefon: (74) 223-94-70
Elektronmanzil – e-mail: adti.konf@gmail.com