Skip to content O‘zbekiston va Rossiya yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining hududlararo onlayn konferensiyasi – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O‘zbekiston va Rossiya yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining hududlararo onlayn konferensiyasi

17:45 27.05.2020

Bugun O‘zbekiston va Rossiya yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining hududlararo onlayn konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Onlayn konferensiyasini Rossiya Federatsiyasi Rektorlar ittifoqi prezidenti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti rektori V.A.Sadovnichiy boshqarib bordi.

Rossiya va O‘zbekiston davlatlari hukumatlarining ilm-fan, oliy ta’lim vazirliklari ma’sullari va yetakchi oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori va prorektorlari ishtirok etgan onlayn konferensiyada ikki davlatning ilm-fan, ta’lim, madaniyat va yangi texnologiyalar yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash, mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida qo‘shma dasturlar, loyihalar ishlab chiqish, qo‘shma fakultetlar ochish, masofaviy ta’limni rivojlantirish masalalari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.

Ma’ruzalar yuzasidan muhokamalarda ishtirokchilar o‘zaro hamkorlik aloqalari yo‘nalishlari bo‘yicha fikr-mulohazalar, takliflarini bildirdilar.
O‘zbekiston va Rossiya yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining hududlararo onlayn konferensiyasi nihoyasida yakuniy rezalyusiya qabul qilindi.

ADTI axbort xizmati

adti.uz
Would like to send you notifications