2019- yil 7- mart kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha viloyat hokimining o‘rinbosari O‘tkirbek Shukurov bilan faol talabalarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Тadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari O‘.Shukurov institut faol talabalari bilan ochiq muloqotda bo‘ldi. Ularning bugungi kundagi qiziqishlari, ularni o‘ylantirayotgan masalalar, reja va takliflari bilan tanishdi.
O‘z o‘rnida institut uchrashuv qatnashchilari hozirgi kunda olib borayotgan faoliyatlari haqida o‘zlarining takliflarini berdilar va fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir yakunida ular kelgusida yana shunday uchrashuvlarni tashkil etishga kelishib oldilar.
Shuningdek, ochiq muloqotda institut rektori M.Madazimov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.Asxanov va institut yoshlar ittifoqining faollari qatnashdilar.