Bugungi kunda uy sharoitida tahsil olayotgan talaba va o‘quvchi yoshlarimizga murojaat qilmoqchimiz:
Hurmatli talabalar, uyda bo‘sh vaqtingizni bekor o‘tkazmang!
O‘zingizda san’at va she’riyatga qiziqish bormi? U holda bunday qobiliyat egalarini davramizga taklif qilamiz.
Uyda onlayn darslardan keyingi vaqtingizda uydan ko‘chaga chiqmagan holda surat chizing. she’rlar yozing va ularni bizga yuboring. «Uyda qoling!» aksiyasida faol ishtirok eting.
Albatta, sizlarning san’at va she’riyatga bo‘lgan qiziqishingizni xurmat qilamiz.
Karantindan so‘ng g‘oliblarga institut ma’muriyati va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davlat tibbiyot instituti boshlang‘ich tashkiloti tomonidan esdalik sovg‘alari topshiriladi.
Suratlar va she’rlarni yuborish uchun:👇 @adti_admin_bot