alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

PANDEMIYA SHAROITIDA FARZANDINGIZGA MEHR VA E’TIBOR KO‘RSATISHINGIZ JUDA MUHIM

15:26 15.09.2020

– Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va YUNISEF tomonidan tibbiyot xodimlari va ota-onalarga hozirgi kasallik avj olgan paytda, bolalarni tinchlantirish va himoya qilishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shunga ko‘ra, ota-onalar quyidagi tavsiyalarga amal qilishsa, farzandlari ruhiyatiga salbiy oqibatlarining oldini olsa bo‘ladi.
Birinchi navbatda, bolaning har bir qilayotgan ishiga ijobiy javob bering. Uni nima tashvishga solayotganini biling va uni o‘z muhabbatingiz va e’tiboringiz bilan qamrab oling. Farzandingizga quloq soling, unga mehr ko‘rsatib, dalda bering. Bolani chalg‘itish uchun turli o‘yin va qiziqarli tadbirlarni qo‘llashga harakat qiling.
Imkon qadar, bolalarni ota-onalari va boshqa oila a’zolaridan ajratmaslik tavsiya etiladi. Agar buning iloji bo‘lmasa (masalan, kasalxonaga yotkizish holatlarida), bolaning oilasi bilan doimiy muloqotini (masalan, telefon orqali) ta’minlash kerak.
Farzandingizni tinglang
Farzandingizni pandemiya mavzusini muhokama qilishga taklif qiling. Bu haqida nimalarni bilishini so‘rang va javobini tinglang. Vaziyatdan foydalanib, holatni bolaning yoshiga mos keladigan tilda tushuntiring, gigiyena qoidalari to‘g‘risida eslatib o‘ting.
Bolaga erkin gapirishiga imkon bering. Rasmlar, hikoyalar va boshqa usullar farzandingiz bilan ochiq suhbat qurishga yordam beradi. Eng muhimi, tushkunlikka tushishiga yo‘l qo‘ymang.

Inobat Ahmedova,

Sog‘liqni saqlash vazirligining o‘quv-tarbiya muassasalari bo‘yicha bosh mutaxassisi, tibbiyot fanlari doktori

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik  bilan aloqalar bo‘limi

Batafsil: vazirlik rasmiy kanali — @ssvuz

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!