Bugun, 18-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti, Koreya milliy transport universiteti va Koreya Tadqiqot fondi o‘rtasida institutda yangi ochilgan Parameditsina fakulteti haqida rektor, prorektor, dekanlar ishtirokida onlayn muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda institut rektori M.Madazimov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov, Koreya milliy transport universiteti Parameditsina fakulteti dekani professor Dong Min Shin, Koreya Tadqiqot fondi tomonidan 2 nafar mutaxasis va Parameditsina fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Onlayn muloqot davomida Parameditsina fakultetiga qabul qilingan talabalar o‘qishni bitirgandan so‘ng qaysi yo‘nalishlarda ishlay olishi va ish joylari haqida ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari hozirda o‘qitiladigan fanlar va ta’lim beradigan professorlar bilan ham tanishtirib o‘tildi.
Shuningdek, talabalar foydalanadigan Koreya standardi asosida ishlangan kitoblar tarjimasi, ularni yetkazib berish masalalarida ham muhokamalar o‘tkazildi va endilikda amalga oshiriladigan rejalar belgilab olindi.