Aziz abituriyentlar, sizlar uchun muhim yangiligimiz bor!
Andijon davlat tibbiyot institutida respublikada birinchilardan bo‘lib Koreya milliy transport universiteti (KNUT) bilan hamkorlikda “Parameditsina” yo‘nalishiga hujjatlar qabul qilish boshlandi. O‘qish muddati 4 yil (3 yil Andijonda + 1yil Koreyada).
O‘qitish tili: ingliz tilida (ADTI bazasida), ingliz tili (KNUT bazasida).
Afzalliklari:
– O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar xalqaro tizimda faoliyat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
– Qo‘shma ta’lim dasturi yakunida talabalar har ikki hamkor OTMning diplom va sertifikatlarini qo‘lga kiritib, o‘zlari xohlagan hududda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Hujjatlar joriy yilning 15-avgust sanasiga qadar Andijon davlat tibbiyot institutida qabul qilinadi.
Manzil: Andijon viloyati Andijon shahar Y.Otabekov ko‘chasi 1-uy.
Murojaat uchun telefon raqami: (99) 109-77-71, (88) 909-23-30.