alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

PAXTAOBODDA “SOG‘LOM TURMUSH TARZIGA BARCHAMIZ RIOYA QILAMIZ” SHIORI OSTIDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI

14:05 08.09.2023

Salomatligiga befarq bo‘lgan kishilar organizmida kasallik rivojlanib bo‘lgandan so‘nggina shifokorga murojaat qiladi. Bu esa bemorning anchagina azob chekishiga sabab bo‘ladi. Shu boisdan shifokorlar doimo: “Kasallikni davolagandan ko‘ra, uni oldini olgan yaxshi” – deya, taʼkidlaydilar. Turli kasalliklarni oldini olish u qadar ham murakkab jarayon emasligi haqida bugungi tadbirda batafsil maʼlumotlar berildi.

Bugun, 8-sentabr kuni Paxtaobod tumanidagi “Uchko‘za” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 54 – oilaviy poliklinikada Andijon davlat tibbiyot institutining 12 ta mutaxassisliklarga ega 18 nafar professor-o‘qituvchilari tomonidan “Sog‘lom turmush tarziga barchamiz rioya qilamiz” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 100 nafardan ziyod aholi vakillari ishtirok etdi. Ularga mutaxassislar tomonidan sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish, o‘z vaqtida tibbiy ko‘riklardan o‘tib turish haqida tushunchalar berildi. To‘g‘ri hamda sog‘lom ovqatlanishda foydali bo‘lgan va inson salomatligiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi mahsulotlar bilan tanishtirildi. Turli meva va sabzavotlardan tayyorlangan sharbatlar hamda damlamalarning ichish meʼyorlari haqida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, barcha o‘z uyida, oila aʼzolari bilan birgalikda bajarishi mumkin bo‘lgan yengil badantarbiya mashqlaridan namunalar ko‘rsatildi, bu esa inson organizmida qon aylanishini yaxshilab, jismoniy faollikni oshirishi aytib o‘tildi. Jarayonlarda Andijon davlat tibbiyot institutining “Volontyorlar” jamoasi aʼzolari ham faol ishtirok etib, patranaj hamshiralari bilan birgalikda targ‘ibotda qatnasha olmagan fuqarolarning xonadonlarida bo‘lib sog‘lom turmush tarzini amalga oshirish hamda foydali mahsulotlarni isteʼmol qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib bordi va tarqatma materiallarini taqdim etdi.

Tadbir davomida aholi vakillari UTT, EKG tekshiruvlaridan o‘tkazilib, ulardan laborator taxlillar olindi. Tibbiy ko‘riklar natijalariga ko‘ra, aholi vakillarining 4 nafariga viloyat, 12 nafariga tuman hamda 82 nafariga ambulator davolanishga yo‘llanmalar berildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!