Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

PAXTAOBOD ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMI OʻRGANILDI

17:05 08.07.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Paxtaobod tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida boʻldi. Unda texnikum rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazilib, muassasa imkoniyatlari bilan tanishildi. Oʻquv-labaratoriya xonalari, kutubxonadagi adabiyotlar soni koʻzdan kechirildi. Suhbat davomida texnikumning moddiy-texnik bazasi, institut bilan amaliy hamkorliklarni olib borish, mutaxassislar va talabalar almashinuvi, ustoz-shogird anʼanalari kabi mavzularda fikr-mulohazalar bildirildi. Bu borada institut tomonidan barcha imkoniyatlar yaratilishi va hamkorlikda ish olib borishga kelishib olindi.

Shuningdek, uchrashuvda “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasiga bagʻishlangan muloqot ham oʻtkazildi. Unda Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar va ularning mazmun-mohiyati haqida atroflicha fkr yuritildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!