Skip to content PAXTAOBOD TUMAN 1-SON POLITEXNIKUMIDA “ZIYOLILAR BOG‘I” TASHKIL ETILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

PAXTAOBOD TUMAN 1-SON POLITEXNIKUMIDA “ZIYOLILAR BOG‘I” TASHKIL ETILDI

13:19 15.03.2025

Ma’lumki, Jizzax politexnika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari, oliy ta’lim muassasalari faoliyati monitoringi natijalari muhokama qilindi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida markaziy apparat mas’ullari va tizim tashkilotlari mutasaddilari, barcha oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bevosita va masofadan ishtirok etdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, viloyat oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda mas’ullari qatorida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Paxtaobod tumani 1-son politexnikumida mazkur hay’at yig‘ilishida masofadan qatnashishdi.

Yig‘ilishdan so‘ng Davlat dasturida belgilab berilgan vazifalar ijrosi, atrof-muhitni yaxshilash va ekologik musaffolikni yaratishni yanada ommalashtirish, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida «Ziyolilar bog‘i» tashkil etildi. Unda rektor rahbarligida institutimiz jamoasi ham munosib ishtirok etdi. Ushbu loyiha doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilib, hudud aholisi uchun qulay va ma’naviy-ma’rifiy muhit yaratish rejalashtirilgan.

Mazkur «Ziyolilar bog‘i» hududida yangi o‘simliklar, gullar hamda manzarali daraxtlar ekilib, yashil maydonlar kengaytirilmoqda.

adti.uz
Would like to send you notifications