alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

PAXTAOBOD TUMANI AHOLISINI SOGʻLOMLASHTIRISH TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

21:38 23.02.2022

Paxtaobod tumani aholisini sogʻlomlashtirish maqsadida oʻtkazilyotgan navbatdagi chuqurlashtirilgan tibbiy-koʻrik Uygʻur MFYda joylashgan 2-son kasb-hunar maktabi va 13-oʻrta maktablarida tashkil etildi. Andijon davlat tibbiyot institutining rektori M.Madazimov boshchiligida 16 nafar mutaxassislar tuman aholisining 698 nafarini chuqurlashtirilgan tibbiy-koʻrikdan oʻtkazishdi va kerakli maslahatlar berishdi.

Tekshiruv davomida sogʻligida muammosi boʻlgan 18 nafar fuqaroga viloyat davolash muassasalariga va 24 nafariga tuman tibbiyot birlashmasiga davolanish uchun yoʻllanmalar berildi. Uyida koʻrishga muxtoj boʻlgan 8 nafar bemorlarga joylarida tibbiy xizmat koʻrsatildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!