Andijon davlat tibbiyot instituti VMO va QTF kafedralari professor-o‘qituvchilarining tashabbusi bilan Paxtaobod tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 54-Oilaviy poliklinikasida davolash profilaktika ishlari olib borildi. 3-xavf guruhiga mansub hamda “Temir daftari”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholi hamda 4-guruhga mansub bemorlar chuqurlashtirilgan tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazildi. Unda 16 nafar mutaxassis 262 nafar bemorlarga maslahatlar berdilar.