Bitiruvchi sinf o‘quvchilari oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lishni niyat qilashadi. Mana shu istak shijoatida o‘z ustilarida tinmay izlanishadi.



“Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan Paxtabod tumanidagi 23-umumta’lim maktabining 40 nafar bitiruvchi o‘quvchilari Andijon davlat tibbiyot institutida bo‘ldilar. O‘quvchilar bilan institut rektori M.Madazimov samimiy suhbat olib bordi. O‘quvchilar institutimizning yangi 2000 o‘rinli binosida bo‘lib, Simulyatsiya markazidagi amaliy jarayonlarda ishtirok etdilar. Simulyatsion robotlar bilan haqida maʼlumotga ega boʻlish bilan birga, amaliy jarayonlarni bajarib ham koʻrdilar.



Ma’lumot o‘rnida, hozirda Paxtaobod tumanidagi 23-umumta’lim maktabida 555 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Shulardan 41 nafari bitiruvchilarni tashkil etadi. Shuningdek, rektor oʻquvchilarga Andijon davlat tibbiyot institutida faoliyat olib borayotgan sport, hunar to‘garaklari haqida ma’lumotlar berdi. Shifokor boʻlishni istagan oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.



Samimiy suhbat tushlikka ham ulandi. Bir piyola choy ustida institut rektori yoshlarning orzu-maqsadlariga qiziqdi. Ularni kelajakda o‘zlari tanlagan sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lishlarida muvafaqqiyatlar tiladi.