1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Bu sanani institutimiz tomonidan munosib, bolajonlarga xos quvonch bilan nishonlanmoqda. Аndijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan mahallalarda mehr-sahovat aksiyalari oʼtkazilmoqda. Pediatriya fakultetiga biriktirilgan “Namana”, “Sanoat”, “Xoʼtanariq” MFY oʼramida yashovchi kam taʼminlangan oila farzandlariga shodlik baxsh etildi. Fakultet dekani А. Gʼofurov boshchiligida imkoniyati cheklangan bolajonlarga sovgʼa-salomlar hadya etildi.