Bugun Viloyat bolalar koʼp tarmoqli tibbiyot markazida pediatriya fakultetining 165 nafar bitiruvchi talabalari Gospital pediatriya, poliklinik pediatriya, bolalar jarrohligi va bolalar infektsiyasi fanlari amaliy koʼnikmalaridan yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlarini topshirdilar. Davlat attestatsiyasini Oʼquv ishlari bo’yicha prorektor B. Аbdullajonov va Pediatriya fakulteti dekani А. Gafurovlar nazorat qildilar.