alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

PEDIATRIYA FAKULTETI XODIMLARI BAYRAM TADBIRLARIDA

20:22 20.12.2021

PEDIATRIYA FAKULTETI XODIMLARI BAYRAM TADBIRLARIDA

Yangi yil ayyomi yaqinlashmoqda. Bizga bir olam zafarlar taqdim etgan eski yil bilan hayrlashib, kelayotgan yilni xursandchilik bilan qarshi olamiz. Mana shunday maqsadni niyat qilgan Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi Baliqchi tumani mutassaddilari bilan Ekoparkda bayram shodiyonalarini tashkil etdi. Unda Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov, Pediatriya fakulteti xodimlari, tyutorlar ishtirok etdi.

Koʻrkam archa atrofi yoshlar bilan gavjum. Ayniqsa, Qorbobo va Qorqizning qiziqarli oʻyinlari bayramga oʻzgacha fayz kiritdi. Bilimdon bolajonlarga sovgʻalar taqdim etildi. Oʻyin-kulguga boy tadbir hali ham davom etmoqda.

Shuningdek, fakultetning ustoz-murabbiylari “Obod” MFYda tashkil etilgan bayram tadbirlarida ham faol ishtirok etdilar. Mahalla ahli va jamoamiz archa atrofida aylanib, kelgusi yil uchun yaxshi niyatlarni dilga joyladilar. Kuy-qoʻshiqlar yoshlarning shoʻx raqslariga ulanib ketdi.

Kelayotgan yangi yilga sogʻlom qadam tashlashni maqsad qilganlar turli sport musobaqalarida bellashdilar. Xususan, stol tennisida gʻolib boʻlganlar Qorboboning sovgʻasini qoʻlga kiritdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!