Pediatriya fakulteti xodimlari “Sanoat” MFYda bo‘ldilar. Fakultet dekani o‘rinbosari R. Xajimatov, Umumiy gigiyena kafedrasi katta o‘qituvchisi G. Usmonava birma-bir xonadonlarda bo‘lib, aholi bilan suhbat olib bordilar. Suhbat davomida ADTI va mahalla hamkorligi, farzand tarbiyasida ota-ona va ta’lim muassasalarining o‘rni, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini ta’minlash va to‘garaklarga jalb etish borasida fikr almashildi.
Mutaxassislar, ayniqsa, bugungi kunda yana avj olayotgan karonavirus pandemiyasida sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, vaksinatsiya jarayonlarida faol ishtirok etishga chorladilar. Mavzular bo‘yicha aholining fiklari o‘rganilib, ularning savollariga atroflicha javob berildi.