Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

PIROGOV UNIVERSITETI ORDINATURASIGA QABUL E’LON QILINADI

14:15 01.08.2024

Hurmatli Andijon davlat tibbiyot institutining bitiruvchilari!

 

N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti (RMTTU) ordinaturasiga qabul boshlandi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘iga binoan, 2024/2025-o‘quv yili RMTTU ordinatura tanlovida yuqori ball olib o‘qishga qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 35 nafar fuqarosi uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Jamg‘arma hisobidan borish-kelish aviachiptasi (bir martalik), kunlik safar xarajatlari hamda o‘qish to‘lov kontrakt summasi qoplanadi.

 

RMTTU ordinatura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish istagini bildirgan bitiruvchilar Akademiya tomonidan tashkillashtirilgan rus tilida dastlabki tanlov (suhbat)dan o‘tkaziladi. Andijon davlat tibbiyot institutida dastlabki tanlov (suhbat) 2024-yil 2-avgust kuni soat  14:00 da bo‘lib o‘tadi.

 

So‘ngra, dastlabki tanlov (suhbat)dan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar keying bosqichdagi onlayn testda ishtirok etish uchun RMTTUning platformasidagi (https://lka.rsmu.ru/) shaxsiy kabinetida quyidagi hujjatlarni yuklashi kerak:

 

– Xalqaro pasport nusxasi, rus tiliga tarjima qilingan va notariusda tasdiqlangan;

– Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (metrika);

– Ta’lim to‘risidagi diplomlar va ilovalari rus tiliga tarjima qilingan va notariusda tasdiqlangan;

– Tibbiy ma’lumotnoma rus tiliga tarjima qilingan va notariusda tasdiqlangan;

– OITS, gepatit B va C analizlari natijalari rus tiliga tarjima qilingan va notariusda tasdiqlangan;

– Ko‘krak qafasi flyuorografiyasi yoki obzor rentgenografiyasi natijalari rus tiliga tarjima qilingan va notariusda tasdiqlangan.

 

Talabgorlarga 2 ta mutaxassislikka topshirish huquqi beriladi.

Shaxsiy hujjatlarni yuklashning oxirgi muddati – 8-avgust.

 

Hujjatlarini shaxsiy kabinetiga muvaffaqiyatli yuklagan va RMTTU tomonidan tasdiqlovni olgan talabgorlar ToshPTI hududida markazlashtirilgan test sinovlarida ishtirok etadi.

 

Qo‘shimcha savollar uchun institutning Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig‘I Farruxbek Rasulovga (+998 97 232 19 00) bog‘lanishingiz mumkin.

Skip to content Click to listen highlighted text!