2018-yil 14-dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Normal fiziologiya, Nevrologiya hamda Psixiatriya kafedralari hamda Portugaliyaning Porto universiteti tibbiyot fakulteti professor-o’qituvchilari bilan masofaviy ta’lim tizimini yo’lga qo’ygan holda on-line ma’ruza o’tkazildi. On-line ma’ruza avvalida xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salohiddinov ADTI jamoasi va talabalarining samimiy salomini yetkazdi.
Masofaviy ma’ruzani Porto universiteti tibbiyot fakulteti neyroanatomiya va grosanatomiya kafedrasi professori Nikolay Vsevolodovich Lukoyanov “Funksiya pamyati i reaksiya golovnogo mozga prirazlichnix situatsiyax” mavzusida Andijon davlat tibbiyot instituti davolash va pediatriya fakultetlarining 1- 2-bosqich talabalari o’rtasida o’qidi.
Masofaviy ma’ruzada ADTI Normal fiziologiya, Nevrologiya, Psixatriya fakultetining professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Online ma’ruza talabalarda katta qiziqish uyg`otdi. Ma’ruza yakunida talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.