2019-yil 23-may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti 1- ma’ruzalar zalida Portugaliyaning Setubal politexnika instituti professori Selio Gabriel Figueiredo Pina tomonidan o‘quv kursi mashg‘ulotlari davom etdi.
Xalqaro o‘quv kursi davomida professor “ Bo‘g‘im tribologiyasi”, “Boshqa tizimlar tribologiyasi” mavzularida ma’ruzalar o‘qidi.Ma’ruzalarda profesor-o‘qituvchilar, magistr, klinik ordinator va yuqori kurs talabalari faol ishtirok etmoqdalar.