alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

PORTUGALIYANING SETUBAL POLITEXNIKA INSTITUTI PROFESSORI SELIO GABRIEL FIGUEIREDO PINA VA RIKARDO MIGEL DOMES SAMOES BAPTISNANING ANDIJONGA TASHRIFI

15:49 21.05.2019

      2019-yil 21-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutiga Portugaliyaning Setubal  politexnika  instituti professori Selio  Gabriel Figueiredo Pina  va Rikardo Migel Domes Simoes Baptisnalar tashrif buyurdilar. Professorlarni institut bosh o‘quv binosida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, professor  G’ Xodjimatov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor  A.Arziqulov,boshqa professor-o‘qituvchilar va  talabalar yuksak ehtirom bilan kutib oldilar.

Dastlab  professor bilan xalqaro aloqalar bo‘limida  o‘zaro muloqot bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida institut prorektori  G‘.Xodjimatov  institut haqida, uning bosib o‘tgan shonli yo‘li, erishilgan yutuqlar, xalqaro miqyosda ilmiy, o‘quv-uslubiy va madaniy  hamkorlik qirralari haqida atroflicha gapirib o‘tdi. Shuningdek. “O‘zbekistonda klinik injeneriya bo‘yicha tizimli magistrlik dasturi” granti  to‘g‘risida, tibbiyot injeneriyasi bo‘yicha qo‘shma magistrlik dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida  ma’lumot berib o‘tdi. Suhbat chog‘ida hamkorlik aloqalarini  mustahkamlash, qo‘shma dastur va o‘quv kurslarini olib borish yuzasidan kelishib oldilar.

So‘ngra 1-ma’ruzalar zalida Portugaliyaning Setubal  politexnika  unstituti professori Selio  Gabriel Figueiredo Pina ishtirokida  profesor-o‘qituvchilar, magistr, klinik ordinator va yuqori kurs talabalari ishtirokida  “Tibbiyot  sohasida  tribologiyaning o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi  xalqaro o‘quv kursi boshlandi. O‘quv kursini institut prorektori  G‘.Xodjimatov ochib berdi.

Professor Selio  Gabriel Figueiredo Pina   “Tibbiyot  sohasida tribologiyaning o‘rni va ahamiyati ”, “Teri tribologiyasi”, “Tish tribologiyasi”, “Boshqa  tizimlar tribologiyasi” mavzularida  taqdimot ma’ruza qildi.

Ma’ruzada institut professor-o‘qituvchilari, magistrlari va klinik ordinatorlari va viloyatimizdagi  soha mutaxassislari ishtirok etdilar.    

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!