Skip to content “Postmastektomik sindromni davolash va profilaktikasi muammosiga onkolog, xirurg va flebolog qarashi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminar otkaziladi – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Postmastektomik sindromni davolash va profilaktikasi muammosiga onkolog, xirurg va flebolog qarashi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminar otkaziladi

09:47 17.04.2025

2023-yil 5-iyun kuni Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan Rossiya-Oʻzbekiston tibbiyot forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy taʼlim vazirligi, Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ishtirokida Andijon davlat tibbiyot instituti va Rossiya Federatsiyasi Sog’liqni saqlash vazirligining «V.A. Almazov nomidagi milliy tibbiyot tadqiqot markazi» FDBM oʻrtasida ilmiy, amaliy hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.

Memorandumni amalga oshirish maqsadida ADTI rektorining 2025 yil 11-apreldagi № T-01/08/838-son buyrugʻiga asosan rektorat, Andijon davlat tibbiyot instituti 1-fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi, “Laboratoire innotech international” AJ koʻmagida 2025-yil 1-may kuni soat 14:00 da “Postmastektomik sindromni davolash va profilaktikasi muammosiga onkolog, xirurg va flebolog qarashi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminar otkaziladi.

Seminar o‘tkaziladigan joy: ADTI Ilmiy kengashining majlislar zali.        ADTI jarrohlik bo‘limi va onkologiya bo‘limi mudirlari, professor-o‘qituvchilari, magistrlari, klinik ordinatorlari, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari onkologlari taklif etiladi.

Seminar dasturi:

Prezidium: professor Madazimov M.M., professor Fionik O.V., professor Djumabayev E.S.

14.30-14.40 Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor Madazimov Madamin Mo‘minovichning tabrik so‘zi.

14.40-15.40 «Onkolog, jarroh va flebologning postmastektomiya sindromini davolash va oldini olish muammosi bo’yicha nuqtai nazari».

Ma’ruzachi: Olga Vladimirovna Fionik – tibbiyot fanlari doktori, yurak-qon tomir jarrohligi kafedrasi professori; Rossiya Federatsiyasi Sog’liqni saqlash vazirligi «V.A. Almazov Milliy tibbiy tadqiqot markazi» Federal davlat byudjet muassasasi «Shaxsiylashtirilgan tibbiyot markazi» Jaxon darajasidagi ilmiy markazi bosh ilmiy xodimi , Sankt-Peterburg.

15.40-16.00.  Rossiya Federatsiyasi Sog’liqni saqlash vazirligi «V.A. Almazov Milliy tibbiy tadqiqot markazi» Federal davlat byudjet muassasasi va    Andijon davlat tibbiyot instituti o’rtasidagi hamkorlik istiqbollari.

Ma’ruzachi: Jumabayev Erkin Satkulovich – tibbiyot fanlari doktori, professor, ADTI 1-Fakultet va jarroxlik kafedrasi mudiri.

Konferentsiya asosiy spikeri

Olga Vladimirovna Fionik

Tibbiyot fanlari doktori, yurak-qon tomir jarrohligi kafedrasi professori; Rossiya Federatsiyasi Sog’liqni saqlash vazirligi «V.A. Almazov Milliy tibbiy tadqiqot markazi» Federal davlat byudjet muassasasi «Shaxsiylashtirilgan tibbiyot markazi» Jaxon darajasidagi ilmiy markazi bosh ilmiy xodimi, Sankt-Peterburg

 

 

adti.uz
Would like to send you notifications