alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

PREZIDENT MAKTABIDA DAVRA SUHBATI

13:40 02.03.2022

Ayni damda yurtimizning barcha jabhalarida Zulfiyaxonim tavalludi katta tantana bilan nishonlanmoqda. Ta’lim muassasalarida turli tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Andijon shahridagi Prezident maktabida Zulfiya nomidagi Davlavt mukofoti sohibasi, Andijon davlat tibbiyot instituti magistri Mehrinoz Komilova bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Gulhayo Xolmatova va maktab o‘quvchilari ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida Zulfiya Isroilovaning hayot va ijod yo‘li, uning she’rlaridagi ohangdorlik, sadoqat va mehr-muruvvat tarannumi, bugungi kunda Xotin-qizlarga berilayotgan e’tibor, g‘amxo‘rlik, o‘z sohasida izlanayotgan faol qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanayotganliklari, uning yo‘nalishlari, Mehrinozning erishgan yutuqlari va faoliyati xususida ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar tomonidan shoira ijodiga mansub she’rlar o‘qildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!