Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

PREZIDENT MUROJAATNOMASIGA PEDAGOG-AYOLLAR MUNOSABATI

21:24 23.12.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida “Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga yo’llagan Murojaatnomasiga ayollar munosabati” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda Xotin-qizlar masalalari boʻyicha  rektor maslahatchisi, xotin-qizlari maslahat kengashi raisi Gulxayoxon Xolmatova boshchiligida fakultet hamda kafedralarning xotin-qizlar boʻyicha mas’ullari, ayol tyutorlar ishtirok etdilar.

Shu bilan birga davra suhbatida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Andijon viloyat boʻlimi rahbari Zilolaxon Toshtemirova hamda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Barnoxon Obidjon qizi ham qatnashdilar.

Tadbir avvalida Davlatimiz rahbarining Murojaatnomasiga keng toʻxtalib, unda ta’kidlangan ayollar, yoshlar hamda ta’lim sohalariga alohida ta’rif  berildi va mazkur yo’nalishlarda qilinadigan ishlar rejasi tuzildi. Shundan so’ng, nafaqat ta’lim sohasi, balki ijodda ham faol bo’lgan pedagog-ayollarimiz o’z qalamlariga mansub bo’lgan she’rlardan o’qib, iqtidorlarini namoyish etdilar. Davra suhbati chin ma’noda ma’naviy-ma’rifiy kecha tarzida yakunladi.

Skip to content Click to listen highlighted text!