Andijon davlat tibbiyot institutining 2-ma’ruzalar zalida Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda taxsil olayotgan kursantlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasini o‘rganish bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasining O‘zbekiston Respublikasi milliy televideniyasi tomonidan tayyorlangan videoroligi namoyish etildi.
Fakultet dekani X.X.Tursunov yig‘ilganlarga Prezidentimizning murojaatnomasidan kelib chiqib, har bir kafedra professor- o‘qituvchilari hamda shifokorlar o‘z ishlash uslubini qayta ko‘rib chiqishi va o‘ziga tegishli xulosa chiqarib, o‘zining yo‘l xaritasini ishlab chiqishi kerakligi haqida ko‘rsatma berdi.
Joriy yilni “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlanishi oldimizga ulkan vazifalar qo‘yishini takidladi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
J.M. Xudayberdiev,
G.Adilova
Varachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekan o‘rinbosarlari