Andijon davlat tibbiyot instituti Privolje tadqiqot tibbiyot universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamladi. Mazkur oliy taʼlim muassasidan kelgan 4 nafar mutaxassislar institutimizda boʻlib, taʼlim jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.
Xalqaro aloqalar boʻlimida boʻlgan samimiy suhbatdan soʻng mehmonlar institutimizning Inkubatsiya va akseliriatsiya hamda Simulyatsiya markazlarida boʻlib, dars jarayonlarida ishtirok etdilar. Markazlarda talabalarning sifatli taʼlim olishlari, mutaxassisliklar boʻyicha amaliy mashgʻulotlar olib borishlari uchun barcha sharoitlar yetarli ekanligining guvohi boʻldilar. Shuningdek, ular Stomatologiya mutaxassisligi boʻyicha klinik ordinaturada taxsil olayotgan talabalar bilan ham suhbat olib bordilar.
Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov hamkorlar bilan muzokara olib bordi. Muzokara davomida har ikki oliy taʼlim muassasasi rahbari va mutaxassislari tomonidan kelgusida bakalavriatura, magistratura yoʻnalishlari boʻyicha yangi qoʻshma taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, klinik ordinaturada travmatologiya va ortopediya, dermatovenerologiya, akusherlik va ginekologiya, kombustiologiya yoʻnalishlarida ham tajriba almashish, malaka oshirishga ham kelishib olindi.