alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

PROFILAKTIK TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

08:39 23.04.2022

Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davom etmoqda. Jumladan, mazkur tadbir bu gal Davolash fakultetining 5-bosqich talabalari oʻrtasida oʻtkazildi.

Suhbat avvalida talabalar va professor-oʻqituvchilarning davomati va moddiy-texnik baza bilan taʼminlanganligi oʻrganildi. Darslarda faol boʻlmagan talabalarga ogohlantirish berildi.

Shuningdek, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari, turli fan, sport toʻgaraklarida qatnashishlari, salbiy illatlar taʼsiriga tushib qolmaslik, internetdan oqilona foydalanish kabi masalalarda fikr-mulohazalar oʻrtoqlashildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!