Ilmiy kengashlar zalida “Profilaktik tibbiyot” fanidan malakaviy imtihon o‘tkazildi. Imtihon komissiyasiga institut rektori M. Madazimov raislik qildi.
Imtihon shartlariga ko‘ra barchaning guvohligida savollar papkasi ochildi va savol varaqalari mustaqil izlanuvchilarga taqdim etildi. Imtihon institutning bir qator professor-o‘qituvchilari tomonidan nazorat qilib borildi.