Skip to content PROFILAKTIK TIBBIYOT MUTAXASSISLIGI BO‘YICHA MALAKAVIY IMTIHON O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

PROFILAKTIK TIBBIYOT MUTAXASSISLIGI BO‘YICHA MALAKAVIY IMTIHON O‘TKAZILDI

20:07 29.05.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-yanvardagi 220/2-sonli Qarori bilan tasdiqlangan va  O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-iyunda 2764-1 raqam bilan ro‘yhatdan o‘tkazilgan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida 2025-yil 29-may kuni Profilaktik tibbiyot mutaxassisligi bo‘yicha malakaviy imtihon o‘tkazildi.

Imtihon avvalida imtihon komissiyasi raisi t.f.d., dotsent  Z.N.Mamasoliyev yig‘ilganlarga malakaviy imtihon o‘tkazish tartib-qoidasi to‘g‘risida tushuntirib berdi va barcha talabgorlarga omad tiladi.

Imtihon shartlariga ko‘ra, savollar papkasi barchaning guvohligida ochildi va talabgorlar imtihon biletlarini tanlab olishdi.

Imtihon komissiyasiga t.f.d., dotsent  Z.N.Mamasoliyev raislik qildi. Hay’at a’zolari  sifatida  t.f.d., professor O.Salaxiddinov, t.f.n., dotsentlar U.Q.Axmadaliyeva, Z.Sh.Madumarova, D.T.Sodiqova hamda imtihon hay’at kotibi k.f.d., dotsent G.A.Mo‘minova ishtirok etdi.

Imtihon jarayoni adolat va shaffoflik tamoyillariga to‘liq amal qilgan holda o‘tkazildi hamda natijalar ochiq va asosli ravishda e’lon qilindi, har bir natija dalil va baholash mezonlariga tayandi. Jarayonda kuzatuv kameralari va raqamli monitoring vositalari yordamida doimiy nazorat o‘rnatildi.

Imtihonda 18 nafar  falsafa doktorlik dissertatsiyalarni bajarayotgan talabgorlar  sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi.

adti.uz
Would like to send you notifications