Bugun, 27-iyun kuni Andijon davlat universitetida 30-iyun – “Yoshlar kuni” hamda “Yoshlar oyligi” doirasida viloyat prokurori o‘rinbosari hamda andijonlik yoshlar ishtirokida “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda viloyat prokurori o‘rinbosari Komiljon Alimov so‘zga chiqib, yoshlarni o‘qib bilim olishga, shijoat bilan olg‘a intilishga chorladi. Shuningdek, yoshlarni har tomonlama himoya qilishga qaratilgan qonun hujjatlari, yoshlarda mavjud muammolarni o’rganish hamda ularni bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida tushunchalar va talabalarni yanada faol bo‘lishiga, mamlakat ravnaqiga munosib hissa qo‘shishlari uchun o‘z taklif va maslahatlarini berdi. Samimiy tarzda o‘tgan muloqotda yoshlar o‘z maqsad va intilishlari, takliflarini bayon etishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldi.
Mazkur tadbirda Andijon davlat tibbiyot institutining talaba-yoshlari badiiy chiqishlar va “Innovatsion g‘oyalar haftaligi “InnoWeek.Uz-2024” yarmarkasining institut bosqichi g‘oliblari ham o‘z ko‘rgazmalari bilan faol ishtirok etdi.
Uchrashuv so‘nggida K.Alimov yoshlarga kelajakdagi ishlariga omad tilab, har qanday taklif va muammolarini tinglab amaliy yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi va bir guruh eng faol, iqtidorli va tashabbuskor yoshlarga esdalik sovg’alarini topshirdi.