PROREKTOR “KREDIT TAʼLIMI TIZIMIGA KIRISH” DARSINI O‘TDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

PROREKTOR “KREDIT TAʼLIMI TIZIMIGA KIRISH” DARSINI O‘TDI

13:22 05.09.2025

Andijon davlat tibbiyot institutida 1-bosqich talabalari uchun “Kredit taʼlimi tizimiga kirish” haftaligi davom etmoqda. Ushbu tanishuv mashg‘ulotlari doirasida bugun, 5-sentabr kuni, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov tomonidan “Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya – Yangi O‘zbekiston poydevori” shiori ostida davra suhbati o’tkazildi.

Suhbat davomida talabalarga institut faoliyati haqida keng ma’lumot berilib, kredit-modul tizimining mohiyati va afzalliklari tushuntirildi. Shuningdek, tanlov fanlarni maqsadli tanlash, mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish, akademik halollik tamoyillari hamda kasbiy va shaxsiy o‘sish masalalari ham muhokama qilindi.

Bundan tashqari, yoshlar institut ichki tartib-qoidalari, kiyinish madaniyati, darslarda faol ishtirok etish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, to‘garaklarda qatnashish, axborot-resurs markazidan samarali foydalanish bo‘yicha ham atroflicha yo‘l-yo‘riqlar oldi.

Tadbirda Mustaqillikka erishish yo‘lidagi tarixiy jarayonlar, jadidlar harakatining ilm-fan uchun kurashi, shuningdek, yoshlarning Yangi O‘zbekistonni rivojlantirishdagi roli va yutuqlari haqida so‘z bordi. Mazkur haftalik doirasidagi darslar institutning turli kafedralarida ham davom etmoqda.

 

Skip to content