QABUL KOMISSIYASI A’ZOLARI ISHTIROKIDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

QABUL KOMISSIYASI A’ZOLARI ISHTIROKIDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

15:44 05.08.2024

Bugun, 5-avgust kuni Andijon davlat tibbiyot institutida 2024-2025-o‘quv yili Qabul hay’ati a’zolari ishtirokida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Asqarov, Qabul komissiyasi mas’ul kotibi J.Ibragimov, qabul komissiyasi xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i tomonidan korrupsiyaning salbiy oqibatlari, undan har bir xodim xabardor bo‘lishi muhimligi va uni oldini olish borasida faol bo‘lish zarurligi haqida aytib o‘tdi. Ayniqsa,  qabul jarayonlarini shaffof holatda o‘tkazish eng muhim vazifalardan biri ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, korrupsiya, uning kelib chiqish sabablari, oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!