Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“QADRING BALAND BOʻLSIN, ONA TILIM!” SHIORI OSTIDA DIKTANTLAR TANLOVI OʻTKAZILDI

10:34 20.10.2022

21 oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan Oʻzbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasida “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” shiori ostida talabalar oʻrtasida savodxonlikni oshirish, husnixat asosida chiroyli yozuv malakalari koʻnikmalarini yanada takomillashtirish maqsadida diktantlar tanlovi oʻtkazildi. Tanlovda barcha fakultetlarining 1-kurs talabalari ishtirok etdi.

Tanlovda 30 nafardan ziyod talabalar qatnashdi va ularni kafedraning yetakchi mutaxassislari baholab bordilar.

Talablarning savodxonligi, oʻzbek tilidagi soʻzlarning yozuvdagi ifodasini husnixatda namoyish eta olishlari boʻyicha olingan diktant natijalariga koʻra, M.Sharafjanova, S.Toʻlqinova, D.Ahadova, S.Mashrabboyeva, S.Salahiddinova “Eng goʻzal husnixat sohiblari” nominatsiyasining gʻolibi boʻldi.

Skip to content Click to listen highlighted text!