Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM” MAVZUSIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI

22:42 20.10.2023

Andijon davlat tibbiyot institutining Talabalar turar joyida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi rahbari, shoira Xurshida Vahobjon qizi, uyushma a’zosi Barno Soliyeva, shoir Nusrat Abdusalom hamda institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, fakultetlar dekan o‘rinbosarlari, tyurotlar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida so‘z olganlar barchani O‘zbek tili bayrami bilan tabriklab, ona tilimizni go‘zalligi, serjiloligiga bag‘ishlangan she’rlar ijro etdilar.

Talaba-yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, ularni ijodkor, shoir, yozuvchilarning asarlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil qilingan ushbu tadbirda mehmonlar tomonidan ijod namunalari o‘qib eshittirildi. Institutning iqtidorli talabalari ham o‘zlari ijrolaridagi kuy-qo‘shiqlar bilan yig‘ilganlarga yaxshi kayfiyat ulashdi.

Katta gulxan atrofida chinakkam ijod kechasi o‘tkazildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!