Qat’iyatli, mas'uliyatli, talabchan… – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Qat’iyatli, mas'uliyatli, talabchan…

12:06 30.11.2019

Qutlov

Andijon Davlat Tibbiyot instituti tibbiy biologiya va gistologiya  kafedrasi  professori, biologiya fanlari  doktori Maribjon Mamadiev muborak 70 yoshni qarshilamoqda. Ustoz haqida so‘z yuritar ekanmiz, ularning umumiy mehnat faoliyati 48 yilni shundan pedagogik faoliyati 44 yilni tashkil etishini alohida e’tirof etish kerak.

Ustoz 1983-yilda  Moskva shahrida “О нарушениях обмена биогенных аминов и других азотистых соединений при экспериментальной гиперхолестеринемии” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.  Ilmiy rahbari professor V.Z.Gorkin, professor M.A.Xo‘jamberdiev. 1997-yilda Toshkent shahrida  professor M.A.Xo‘jamberdiev ilmiy maslahatchiligida “Особенности биохимического  механизма регуляции обмена биогенных аминов и других азотистых  соединений в организме млекопитающих” nomli doktorlik dissertatsiyasini ximoya kilgan.

Professor M.Mamadiev Toshkent mediko-biologik fanlar yo‘nalishi bo‘yicha  monotematik komissiya a’zosidir. So‘nggi 5 yil ichida 30 tadan ziyod o‘quv-uslubiy qo‘llmanmalar,  15 dan ortiq ilmiy maqola,  100 tadan ortiq tezislari bilan respublika va xalqaro ilmiy konferensiyalarda ishtirok etgan, jurnallarda chop ettirgan. Hozirda ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanmalardan talabalar keng foydalanmokdalar. Professor M.Mamadiev ilg‘or pedagogik texnologiyalarni zamon ruhi, milliy g‘oyasi tamoyillariga uyg‘un bog‘lagan holda talabalarga sabok beradi. Kafedrada o‘quv jarayonini  yangi texnologiyalar asosida olib borilishini nazorat kiladi, me’yoriy hujjatlarning yuritilishini faol boshkaradi, o‘quv uslubiy qo‘llanmalar yaratilishiga bosh bo‘ladi.

M.Mamadiev  1984-1986 yillarda talabalar kasaba uyushmasi raisi, 1988-1989 yillarda pediatriya fakulteti dekani muovini, 1997-1999 yillarda maxsus fakultet dekani, 1999-2005-yillarda pediatriya fakulteti dekani, 2005-2008-yillarda institut ichki inspeksiya va monitoring bo‘limi boshligi  vazifalarida ishladi va  institut  rivoji uchun, talabalarni davr talabi darajasida sabok olishlari uchun o‘z hissasini qo‘shdi.       M.Mamadiev institutni jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etadi. Kafedra xodimlari bir necha yildirki Marhamat tumani Mingtepa qishloq fuqarlara yig‘ini o‘ramida yashovchi aholini otaliqqa olishgan bo‘lib, ustoz ularga tibbiy xizmat ko‘satish, turli muammolarini echishda yordam berib kelmokda.
M.Mamadiev nafakat ilmiy soxada, balki oilada, mahallada ham namunali insondir. Qat’iyatli, mas’uliyatli, talabchan, hamma vaqt o‘z fikrini ochik ayta oladigan, jamoada va talabalar orasida katta hurmatga ega inson.
Kafedramiz xodimlari biologiya fanlari  doktori, professor Maribjon Mamadiev bilan birga mehnat qilayotganimizdan faxrlanamiz. Ustozni muborak 70 yoshi bilan tabriklaymiz va ularga uzoq umr, mustahkam sog‘liq tilaymiz!

ADTI Tibbiy biologiya va gistologiya

 kafedrasi jamoasi

Skip to content Click to listen highlighted text!