
Andijon davlat tibbiyot institutida 12 ta davlatdan kelib taxsil olayotgan talabalar bor. Ular yaxshi o‘qish barobarida madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ham faol ishtirok etadilar.
Har bir millat vakillari o‘zlarining urf-odatlari va an’analarini namoyish etish maqsadida bayram tadbirlarini o‘tkazishlari institutimizda odat tusiga aylanib qoldi. Qirg‘izistonlik talabalar ham “Qirg‘iz kuni”ni nishonladilar. Unda Qirg‘iz millatiga mansub talabalar milliy liboslari, qadriyatlari aks etgan turli raqslari bilan barchaga xushnudlik baxsh etdilar. Ayniqsa, ular o‘z qo‘llari bilan tayyorlagan shirinliklari bilan mehmondo‘stlik san’atini ham ko’rsata oldilar.