Ma’lumki, 2018-yilda Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahridagi Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi va Andijon davlat tibbiyot instituti o‘rtasida akademik mobillik doirasida kafedralararo shartnoma imzolangan. Mazkur shartnomaga muvofiq Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi Normal va topografik anatomiya kafedrasi mudiri, t.f.n. dotsent Tamara Suronaliyevna Abayeva hozirda institutimizda talabalarga turli mavzularda ma’ruzalar olib bormoqda.
Bugun xorijiy fakultet talabalariga “Vegetativ nerv tizimi anatomiyasi”, Davolash fakultetining 3-bosqich talabalariga “Qorin bo‘shlig‘i topografik anatomiyasi” mavzularida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mutaxassis darslarni zamonaviy interfaol usullarda, qiziqarli savol-javoblar va vaziyatli muammolar asosida olib bordi.