alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

QIZLAR KUNI MUNOSIB NISHONLANDI

21:45 09.10.2021

Andijon shahridagi “Eko park” bugun yoshlarning faraxbaxsh lahzalariga guvoh boʻldi. 11-oktabr – Qizlar kuni munosabati bilan oʻtkazilgan koʻngilochar tadbir talabalarning oltin davr zarvaraqlarini zavq bilan toʻldirdi. Andijon davlat tibbiyot instituti tashabbusi bilan oʻtkazilgan tadbirga viloyatimizning barcha oliy taʼlim muassasalari talabalari ham joʻr boʻldilar. Goʻzal qizlarni tabriklash uchun viloyat hokimligining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Mavluda Nizamova qizlar bilan samimiy suhbat olib bordi. Bugungi kunda xotin-qizlarimizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, talaba-qizlarning iqtidorini yuzaga chiqarish borasida olib borilayotgan samarali ishlar xususida soʻzlab, institut xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Holmatova bilan bir guruh faol talaba qizlarni taqdirladi.

Tadbirni olib borgan institut Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori M.Botirov rektor M.Madazimovning talaba-qizlarga yoʻllagan tabrigini oʻqib eshittirdi.

Tadbirning kulminatsion va hayajonli, kutilmagan lahzalari boshlandi. Betakror illuziya sanʼati ustasi Bunyodbek oʻz chiqishlarini talabalar ishtirokida mohirona ijro etdiki, yoshlarning olqishiga sazovor boʻldi. Yoshlarning sevimli qoʻshiqchisi Arsen esa oʻzining shoʻx kuy taronalari bilan xushnud qilgan boʻlsa, “Versal” raqs guruhining goʻzal raqslari barchani maftun etdi. Institutning “Yosh gitarachilar” guruhining qoʻshiqlari esa talabalarni davraga chorladi.

Bayramda xorijiy fakultet talabalari ham oʻz sovgʻalari bilan ishtirok etdilar. Ular tomonidan ijro etilgan hindcha qoʻshiqlar olis Hindiston sari chorlagan boʻlsa, oʻzbekcha qoʻshiqlari esa barchada yurt iftixori tuygʻusini yuksaltirdi.

Xalqimiz azaldan ayol-qizlarga ehtirom koʻrsatib kelgan. Bugungi ayyom shodiyonasi goʻzal qizlarimizni qanchalar hurmat va eʼzozlashimizni namoyon etdi, albatta!

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!