QIZLAR ODOBI BILAN GOʻZAL – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

QIZLAR ODOBI BILAN GOʻZAL

21:09 25.03.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan talabalar turar joyida yashovchi qizlar oʻrtasida “Qizlar odobi bilan goʻzal” shiori ostida suhbat oʻtkazildi. Unda viloyat bosh otinoyisi Sh.Qosimova, viloyat Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi qoshidagi «Buvijonlar maktabi» jamoatchilik kengashi raisi M.Hoshimova, Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi, xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova, Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchilari va tyutorlar ishtirok etdi.

Suhbat davomida qizlarning kiyinish maʼdaniyati, odob-ahloq qoidalari, ularni oilaviy hayotga tayyorlash boʻyicha hayotiy misollar orqali maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida qizlarning xonalarida mehmon kutish odobi boʻyicha mahorat darslari ham olib borildi.

Skip to content