Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“QOʻSHARIQ”DA TIBBIY TAʼLIM VA MADANIY HORDIQ NAMOYISHI

21:41 11.02.2022

Kun tashvishlari kishini biroz charchatadi. Musiqa yoki madaniy-maʼrifiy tadbir insonga huzur bagʻishlaydi. Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan mahallalarda mana shunday tadbirlarni tashkillash anʼanaga aylangan. Aholiga xushkayfiyat ulashish va uyushmagan yoshlarning iqtidorini mustahkamlash maqsadida “Qoʻshariq” MFYda Stomatologiya fakulteti xodimlari va “Yosh volontyorlar” ishtirokida tadbir oʻtkazildi.

“Yosh volontyorlar” aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishdagi targʻibot dasturlarini olib bordilar. Bemorga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish jarayonlari amaliy koʻrsatib berildi. Toʻgʻri ovqatlanish, karantin qoidalariga amal qilish, koronavirusga qarshi kurashishda vaksina olish eng maqbul yoʻl ekanligi borasida tushuntirib oʻtildi.

Tadbir davomida Stomatologiya fakultetining ijodkor yoshlari tomonidan qoʻshiqlar guldastasi namoyish etildi. Mahalla yoshlari, ayniqsa, bolajonlar mazza qilib raqsga tushdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!