alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“QOMUSIMIZ – BAXTIMIZ” TADBIRI O‘TKAZILDI

14:44 09.12.2021

“QOMUSIMIZ – BAXTIMIZ” TADBIRI O‘TKAZILDI

Tibbiy kimyo kafedrasida Farmatsiya yo‘nalishining 2-bosqich talabalari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasining 29 yilligi munosabati bilan “Qomusimiz – baxtimiz” shiori ostida intellektual tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda yo‘nalish mas’uli, dotsent Sh.Bozorov va Tibbiy kimyo kafedrasi mudiri, dotsent Yu. Xolboyev ishtirpok etdi.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi yangradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, uning yaratilish tarixi, fuqarolarning huquq va majburiyatlari, Konstitutsiyamizning bugungi kundagi ahamiyati borasida mutaxassislar tomonidan ma’lumot berildi. Talabalar ham Konstitutsiya borasidagi bilimlarini namoyish etdilar.  Vatanni madh etuvchi she’rlar, qo‘shiqlar yangradi.   So‘ngra “Adolat” va “Qomus” jamoalari o‘rtasida bellashuv tashkil etildi. “Tanishtiruv”, “Tezkor savolga tezkor javob” bera olgan jamoalar, qiziqarli labaratoriya o‘tkazib, kimyo fanidan olgan bilimlarini mustahkamladilar.

Tadbir so‘ngida g‘olib jamoa munosib taqdirlandi.