
Salomatlik insonning eng katta va topilmas boyligidir. Kichik bir ilinj ham bemorda hayotga umid uygʻotadi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan boshlangan “Qon topshir — hayot inʼom et!” xayriya aksiyasida Andijon davlat tibbiyot institutining 100 nafardan ziyod professor-oʻqituvchilari va xodimlari ishtirok etdi. Shuningdek, 70 nafardan ziyod koʻngilli talabalar ham bemorlarga begʻaraz yordamlarini ayashmadi.
Erta tongdan viloyat Qon quyish markaziga oʻz istaklari bilan yaxshilik ulashish niyatida kelgan institutimiz jamoasi bunday hayrli ishlarda doimo faol boʻlib kelmoqda.