alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“QON TOPSHIR — HAYOT IN’OM ET!” XAYRIYA AKSIYASIDA ISHTIROK ETING!

17:21 30.03.2022

Mehr-muhabbatni namoyon etish uchun tabassum, bir og‘izgina shirin so‘z kifoya. Bemorlarga esa chin ko‘ngildan samimiy yordam…

Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan “Qon topshir — hayot in’om et!” xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda siz ham qatnashib, donorlik qoniga ehtiyojmand bo‘lgan bemorlarga umid baxsh eting!

Mazkur aksiyada ishtirok etishni istaganlar Andijon shahri Qo‘shariq dahasi 39-A uyda joylashgan viloyat Qon quyish stansiyasiga, shaxsini tasdiqlovchi xujjat (pasport) bilan murojaat etishlari mumkin. Aksiya joriy yilning 1-aprel kuni 8:00 dan 16:00 gacha davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 423-sonli buyrug‘iga asosan Donorlikka qabul qilish tartibi quyidagicha:

  • 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan;
  • Vazni 60 kg.dan yuqori bo‘lgan;
  • Avval gepatit burusellyoz bilan og‘rimagan fuqarolar ishtirok etishi mumkin.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!