QO‘SHIMCHA KLINIK AMALIYOT MARKAZI LOYIHASINI AMALGA OSHIRILISHI REJALASHTIRILMOQDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

QO‘SHIMCHA KLINIK AMALIYOT MARKAZI LOYIHASINI AMALGA OSHIRILISHI REJALASHTIRILMOQDA

14:34 31.10.2024

Andijon davlat tibbiyot institutining yana bir yangi 400 o‘ringa mo‘ljallangan qo‘shimcha klinik amaliyot markazi loyihasini amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-noyabrdagi 713-son qarori 14-bandiga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yangi Andijon» shaharchasini barpo etish va Andijon viloyatida tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq Andijon davlat tibbiyot institutining o‘quv binolarini yanada kengaytirish maqsadida yana bir yangi loyihaga start berilmoqda.

Bugun Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov mazkur loyiha mutaxassislari bilan uchrashdi. Unda institutning 400 o‘ringa mo‘ljallangan qo‘shimcha klinik amaliyot markazi (travmatologiya, akusher-ginekologiya, bolalar jarrohligi, pediatriya bo‘limlari)ni zamon talablariga mos ravishda qurish borasida fikr-mulohazalar, takliflar bildirildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!