Andijon davlat tibbiyot institutida tashkil etilgan Stomatologiya yo‘nalishi qo‘shma ta’lim dasturiga qabul bo‘yicha suhbat imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu dastur bo‘yicha tahsil olish istagidagi abituriyentlar ikki bosqichli imtihondan o‘tkaziladi: suhbat va test. Uning ilk suhbat bosqichida institutning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov va komissiya a’zolari ishtirok etdi va belgilangan savollarga abituriyentlarning javoblarini qabul qilib oldi.
Shuningdek, jarayonlaning shaffof hamda adolatli tarzda o‘tishi institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan kuzatib borildi.