QO‘SHMA TA’LIM DASTURIGA QABUL IMTIHONLARI YAKUNLANDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

QO‘SHMA TA’LIM DASTURIGA QABUL IMTIHONLARI YAKUNLANDI

22:27 11.10.2023

Joriy yilning 10-oktabr kuni, Andijon davlat tibbiyot institutida institut va Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti (3+2) Stomatologiya yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturiga qabul imtihonining yakunlovchi 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari oldidan institut rektori M.Madazimov abituriyentlar bilan uchrashib, ularga omad va muvaffaqiyat tiladi.

Imtihon jarayonlari institut qabul komissiyasi a’zolari va Bilim hamda malakalarni baholash agentligi xodimlari nazoratida o‘tkazildi. Qabul imtihonining ikkinchi bosqichi talabgorlarning rus tilini bilish darajasini aniqlash maqsadida test sinovi shaklida o‘tkazildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!