Qo’shma ta’lim dasturlarini joriy etish bo’yicha seminar

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Joriy yilning 23-24 aprel kunlari Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Erazmus+ milliy ofisi, Oliy ta’limni isloh qilish bo’yicha mutaxassislar hamda Qozog’iston HEO va HERE vakillari, universitet yetakchilari ishtirokida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida “Yevropa universitetlari bilan hamkorlikda qo’shma diplom dasturlarini tashkil etish usullari va istiqbollari; qo’shma ta’lim dasturlarini joriy etish jarayonlari” bo’yicha seminarda institut o’quv ishlari bo’yicha prorektori professor A.Sh.Arzikulov, o’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i Q.M.Yusupov, stomatologiya fakulteti dekani D.Sh.Tulanov, Italiyaning Boloniya universitieti professori Franchesko Girotti hamda Qozog’iston Respublikasining nufuzli Oliy ta’lim muassasa vakillari ishtirok etdilar.

        Seminarda ikki tomonlama magistrlik dasturlarini tashkil qilish, tatbiq etish va amalga oshirish uchun talablar va shartlar, shuningdek bunday dasturlarni moliyalashtirishning muqobil usullari;

  • Institutda qo’shma ta’lim dasturlarini yaratish va amalga oshirish uchun me’yoriy-huquqiy asoslar;
  • Ta’lim dasturlarini tasniflash uchun mezon;
  • Qo’shma ta’lim dasturlarini amalga oshirishning shakllari va tartibi;
  • Qo’shma ta’lim dasturlarini boshqarish;
  • Qo’shma ta’lim dasturlarini amalga oshirishda ta’lim natijalarini baholash va qo’shma ta’lim dasturlarida ta’lim sifatini ta’minlash va monitoring qilish masalalari ko’rib chiqildi. Mutaxassislar kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashdilar.

145