Joriy yilning iyun oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoz oylarida “Qurilish otryadlari”ni tashkil etib, 100 ming yoshlarni oylik beradigan ishlarga jalb qilish bo‘yicha vazifalar belgilangan edi. Ushbu vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, institut rektorining tegishli buyrug‘iga asosan “Qurilish otryadlari» tashkil etildi va unda faoliyat olib borayotgan talabalarga yotoqxona, maxsus kiyim-kechaklar va 3 mahal issiq ovqat bilan ta’minlash, shuningdek, ish haqqi to‘lash belgilandi.
Mazkur “Qurilish otryadlari” da ishlash istagini bildirgan 16 nafar talabaning ro‘yxati shakllantirilib, ularga barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. Talabalar bilan institut rahbariyati hamda Fuqaro va mehnat muhofazasi boʻlimi xodimlari uchrashib ishlash jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga to‘liq amal qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.